Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” DASTURI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN O‘ZIGA BIRIKTIRILGAN “VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH DEPUTATLARI HAMDA PROKURATURA ORGANLARI HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI VA YOSHLAR BANDLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH YO‘NALISHIDAGI FAOLIYAT O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
FUQARO MUROJAATI DEPUTATLAR NAZORATIDA. MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov boshchiligida Uchtepa tumanining Chamanzor va Xojiobod mahallalar fuqarolariga tashkil etilgan sayyor qabul davomida hududdagi dolzarb masalalar atroflicha o‘rganildi.

📁 Tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi O‘znazorat inspeksiyasining Toshkent shahar hududiy bo‘limi boshlig‘i Olimxo‘ja G‘aniyev hamda Raqamli texnologiyalar vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi vakili Hikmatilla Fayziyev ishtirok etib, telekommunikatsiya va raqamli infratuzilma bilan bog‘liq muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rgandilar. Fuqarolar tomonidan internet sifati, telefon aloqa tarmoqlari, kabel va televideniye xizmatlariga oid murojaatlar tinglanib, qator masalalar joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va bir nechta tashkilotlarning hamkorligini talab etuvchi uchta muhim masala yuzasidan esa tegishli idoralar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rishga kelishib olindi.

📝 Shuningdek, uchrashuv davomida mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari yuzasidan tavsiyalar ham muhokama qilindi. Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, sport va ta’lim muassasalari infratuzilmasi holatini o‘rganish, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash tizimi samaradorligini oshirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, kommunal xizmatlar, jamoat transporti, ekologiya va obodonlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratish zarurligi ta’kidlandi.

🗣 Bundan tashqari, davlat xizmatlari sifati, jinoyatchilikning oldini olish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda navbatdagi sessiyalarga kiritiladigan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish deputatlik faoliyatining ustuvor vazifalari sifatida qayd etildi.

🔎 Ta’kidlanganidek, mazkur yo‘nalishlar deputatlarning partiyaviy mansubligi va doimiy komissiyalardagi faoliyatidan kelib chiqib ustuvorlik asosida amalga oshiriladi. Bu esa hududlarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9