Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
AHOLI BANDLIGI MASALALARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
HUDUDDAGI KUTUBXONALAR HOLATI DEPUTAT TOMONIDAN O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAKTAB SPORT ZALI VA SPORT ANJOMLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
HUDUDDAGI INVESTITSIYALAR BO‘YICHA HOLAT. XALQARO HAMKORLIK: O‘ZBEKISTON–XITOY
янв.21
MAKTAB SPORT ZALI VA SPORT ANJOMLARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHI HUZURIDAGI YOSHLAR MASLAHAT GURUHI A’ZOSI MARJONA QIYOMOVANING XALQARO MAYDONDAGI YUTUG‘I
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH VA GEOGRAFIK OBYEKTLARNI NOMLASH VA QAYTA NOMLASH TO‘G‘RISIDAGI QONUNLAR IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Vobkent tumanidagi Xalq qabulxonasi tomonidan tumanda aholi murojaatlari va ularning muammolarini hal etish borasida 2026-yilning I choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

📌 Taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari orqali 2026-yil I chorak yakunida Vobkent tumani aholisidan jami 382 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, bu koʻrsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 119 taga yoki 23,7 foizga kamaygan.

👥 Hisobot davrida murojaatlarning 149 tasi ijobiy hal etilgan boʻlib, ijobiy hal qilish darajasi 39 foizni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 8,9 foizga oshgani qayd etildi. Ayni paytda 54 ta murojaat boʻyicha oʻrganish ishlari davom etmoqda.

📈 Takroriy murojaatlar tahliliga koʻra, 2026-yil I choragida 47 ta takroriy murojaat qayd etilgan boʻlib, bu umumiy murojaatlarning 12,3 foizini tashkil etgan. Oʻtgan yilning mos davrida ushbu koʻrsatkich 13 foizni tashkil qilgan.

✍️ Yigʻilishda ayrim mahallalarda murojaatlar soni yuqoriligiga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan:
➡️ “Vobkent” MFY — 20 ta
➡️ “Xoʻjarabod” MFY — 14 ta
➡️ “Kumushkent” MFY — 13 ta
➡️ “Doʻstlik” va “Hajuvon” MFYlari — 12 tadan murojaat

Bu holat ushbu hududlardagi ijtimoiy va kommunal muammolarni chuqur tahlil qilish, aholi bilan manzilli ishlash hamda masʼul tashkilotlar tomonidan profilaktik choralarni kuchaytirish zarurligini koʻrsatishi taʼkidlandi.

🛒 Shuningdek, aholi murojaatlari tahlili asosida davlat organlari va tashkilotlariga mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda muammolarni samarali hal qilish yuzasidan 6 ta koʻrsatma, 1 ta taklif va 1 ta taqdimnoma kiritilgani, shu bilan birga xalq deputatlari tuman Kengashiga 1 ta axborot taqdim etilgani maʼlum qilindi.

✔️ Yigʻilish yakunida doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Slide 1 of 4