Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLA ICHKI KO‘CHA YO‘LLARI HOLATI. “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI IJROSI DEPUTAT NAZORATIDA.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILAYOTGAN XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI FAOLIYATI DEPUTATLAR TOMONIDAN O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI HAMDA SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BIR ASRLIK UMR YO‘LI — PARKENTDA URUSH FAXRIYSIGA YUKSAK EHTIROM KO‘RSATILDI
янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN “GULBOG‘” MFYDA QURILADIGAN KO‘P QAVATLI UYLAR YUZASIDAN AHOLI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
HUDUDDAGI JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASH HOLATI, AYNIQSA QIZIL VA SARIQ HUDUDLARDA JINOYATCHILIKNI BARTARAF QILISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN PARKENT TUMANIDA XOTIRA TADBIRI O‘TKAZILDI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumanida tashkil etilgan vaziyatlar markazining faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati (tuman hokimi) Gaibnazarov Boxodir Rixsialiyevich deputatlarga tashkil etilgan vaziyatlar Markazida sun’iy intellekt asosida tahlil etish, muammolarni tezkor aniqlash va hal etish bo‘yicha “Aqlli tuman” platformasi ishlab chiqilgani sababli tumandagi barcha mahalla vakillari bilan onlayn muloqat qilish, vaziyatdan doimo xabardor bo‘lish imkoniyati yaratilganligi xaqida tushuntirish berdi.

Platforma tarkibidagi “Xavfsiz tuman” tizimi huquqbuzarliklarni monitoring qilish va jamoat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Tadbirkorlik subyektlarining raqamli xaritasi sun’iy intellekt tahlili asosida soliq tushumlarini prognoz qilish va ularning yig‘iluvchanligini ta’minlashga qaratilgan. “AI Davomat” tizimi esa maktablarda sababsiz dars qoldirish holatlarini bartaraf etish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 7