Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mansurxon Xayrulloyev xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati xodimi B.Navroʻzov bilan birgalikda tumandagi “Soʻfidehqon” MFYda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentyabrdagi “Islom Taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5246-sonli qarori ijrosini oʻrgandi. Jumladan, 18-sonli umumtaʼlim maktabida boʻlib, taʼlim tashkilotida taʼmirlash va qurilish jarayonlarini nazoratga oldi. Taʼlim tashkiloti qaror asosida 4 mlrd.soʻmdan ortiq mablagʻlar hisobidan taʼmirlanishi belgilangan. Oʻrganishlar jarayonida deputat tomonidan mutasaddilarga qilinishi kerak boʻlgan ishlar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kerakli tavsiyalar berdi hamda muammolar deputatlik nazoratiga olindi.