Xalq deputatlari Koson tumani Kengashiga 9-Regzor okrugidan saylangan deputat Halima Sattorova Regzor mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli hamda xalq deputatlari tuman Kengashining 2025-yil 30-yanvardagi VII-6-19-4-60-K/25-sonli qarorlari ijrosi yuzasidan mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish holatiga ko‘ra hal bo‘lmay kelayotgan muammolarni deputat so‘rovi asosida hal qilish choralarini ko‘rish uchun nazaratga olindi.