Aholi murojaati amalda ijobiy hal etildi.
📌O‘tkazilgan uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan Bo‘ston MFY Nafosat ko‘chasidagi ichki oqar suv ariqlarining to‘lib olganligi hamda ularni maxsus texnikalar yordamida tozalash zarurligi yuzasidan murojaat bildirilgan edi.
✅Mazkur murojaatni ijobiy hal etish maqsadida Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati J.Mamadaliyev tashabbusi bilan hududga maxsus texnikalar jalb qilinib, ariqlarni tozalash ishlari amalga oshirildi.
♻️Natijada muammo o‘z vaqtida bartaraf etilib, hudud aholisi uchun qulayliklar yaratildi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.