🌿 Yashil makon — kelajak poydevori
🌱Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati A.Uljayeva tomonidan “Shodlik” mahallasida “Yashil makon milliy loyihasi” doirasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi. Jarayon davomida hududda olib borilayotgan daraxt ekish ishlari, yer tayyorlash hamda ko‘chatlarning parvarishi alohida e’tibor bilan ko‘zdan kechirildi.
🌳 Xususan, mahalla hududida joriy yilning shu vaqtiga qadar 9 500 tup mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan bo‘lib, sug‘orish tizimi oqar suv bilan ta’minlangan.
🌳Shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish, har bir ekilgan niholni asrab-avaylash, ularni sug‘orish va parvarishlash masalalariga alohida urg‘u
berildi. Bu borada mas’ul tashkilotlar va fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.