Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi deputati A.Bekchonov fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda fuqarolar tomonidan mahalladagi “Billur” ko‘chasiga SHPS qoplamasi yotqizishda amaliy yordam berish so‘ralgan edi. Ushbu yuzadan deputat tomonidan tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga deputat so‘rovi chiqarildi. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan berilgan javob xatida ushbu ko‘cha 2026 yil dasturiga kiritilib, tez orda ta’mirlash ishlari olib borilishi ma’lum bo‘ldi.