Xalq deputatlari Xo‘jayli tumani Kengashi deputati A.Sabirov o‘zi saylangan Bog‘mon MFY aholisi bilan uchrashdi. Uchrashuvda tuman Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Atanazarov va mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi.
Uchrashuvda deputat tomonidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar, ijobiy o‘zgarishlar va yaratilayotgan bir qancha imkoniyatlar qayd etildi. Shundan so‘ng, fuqarolar o‘zlarining murojaatlari, fikr va takliflarini bildirdi. Bildirilgan taklif va murojaatlar nazoratga olinishi va tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi ta’kidlandi.