Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar atroflicha muhokama qilinib, ayrim masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikr va takliflarini o‘rganish hamda dolzarb muammolarni hal etishda bunday muloqotlar muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.