Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
MAHALLADAGI SOLIQ INSPEKTORI TOMONIDAN UNGA YUKLATILGAN MASALALARNI AMALGA OSHIRILISHI HOLATI BO`YICHA JAMOATCHILIK NAZORATI O`TKAZILDI.
янв.21
MAHALLALARDA AHOLI VA BOLALAR UCHUN SPORT INSHOOTLARI, UMUMTA’LIM MAKTABLARI SPORT ZALLARI VA ULARDAGI SPORT ANJOMLARI MAVJUDLIGI, ULARNING JIHOZLARI HOLATI.
янв.21
DEPUTATLAR VA AHOLI UCHRASHUVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
NAVRO‘Z BAYRAMI KO‘TARINKI RUHDA NISHONLANDI.
янв.21
MAHALLALARDA AHOLI VA BOLALAR UCHUN SPORT INSHOOTLARI, UMUMTA’LIM MAKTABLARI, SPORT ZALLARI VA ULARDAGI SPORT ANJOMLARI MAVJUDLIGI, ULARNING JIHOZLARI HOLATI.
янв.21
O‘RGANISH NATIJALARI BO‘YICHA DEPUTAT SO`ROVI YUBORILDI.
янв.21
PARKENT TUMANIDAGI IJTIMOIY SOHA OB’EKTLARIDA OLIB BORILGAN QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI HUZURIDAGI KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BILAN BOG‘LIQ MASALALAR BO‘YICHA KOMISSIYA YIG'ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYA OLDI DOIMIY KOMISSIYA YIG'ILISHI BO‘LIB O‘TDI.
Deputat so‘rovlariga rasmiy javob berildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati M.X. Tadjiyeva tomonidan yuborilgan deputat so‘rovlari yuzasidan Chilonzor tumani hokimligi tomonidan rasmiy javob taqdim etildi. 

Mazkur masala bo‘yicha tuman hokimi o‘rinbosari K. Xamrayev tomonidan quyidagilar ma’lum qilindi. 

Deputat so‘rovlarida ko‘tarilgan Sharaf mahallasi hududidagi 26–27-ko‘p qavatli uylar oldida bolalar o‘yin maydonchasini barpo etish hamda ta’mirlash ishlari bo‘yicha ushbu ishlar tegishli dasturga kiritilgani bildirildi. Mazkur qurilish-ta’mirlash ishlari
zarur mablag‘ ajratilgandan so‘ng amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
 

Shuningdek, Sharaf mahallasidagi 27-ko‘p qavatli uy oldida piyodalar yo‘lagi hamda avtomobillar harakatlanish yo‘l qismini ta’mirlash masalasi ham tegishli dasturga kiritilgani ta’kidlandi. Ushbu ishlar ham moliyalashtirish manbalari aniqlanib, mablag‘ ajratilgach bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.  

Ta’kidlanishicha, deputat so‘rovlarida ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli ishlarrejalashtirilgan va belgilangan tartibda amalga oshiriladi.