XALQ DEPUTATLARI NAVOIY SHAHAR KENGASHI DEPUTATI, SHAHAR HOKIMI “YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA TIBBIYOT TEXNIKUMDA BO‘LDI
Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati, Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev “Yoshlar kuni” doirasida navbatdagi manzil sifatida Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan tanishmoqda.
Tashrif davomida bo‘lajak tibbiyot xodimlarining ta’lim jarayonlari, o‘quv xonalari hamda laboratoriyalarda o‘tkazilayotgan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar ko‘zdan kechirilmoqda. Shuningdek, talabalarga yaratilgan sharoitlar, o‘quv jarayonining sifati hamda zamonaviy tibbiy jihozlardan foydalanish holati o‘rganilmoqda.