Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT FAOLIYATI. QONUNLAR TARG`IBOTI.
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLI VA BOLALARNING SPORT BILAN SHUG‘ULLANISHI UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.
янв.21
MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI.
янв.21
E’TIBOR VA E’ZOZDAGI AYOLLAR
янв.21
“YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA DEPUTAT O‘Z OKRUGIDA YOSHLAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM TOMONIDAN AHOLINING IJTIMOIY EHTIYOJMAND TOIFALARIGA KO‘RSATILADIGAN XIZMATNI SIFATLI TASHKIL ETILISHI, KAM TA’MINLANGAN OILALARGA IJTIMOIY NAFAQALAR VA MODDIY YORDAM TAYINLASH VA TO‘LASH HOLATI O‘RGANILDI.
Bozorlardagi narx-navo va mahsulotlar zaxirasi deputat nazoratida

Bozorlardagi narx-navo va mahsulotlar zaxirasi deputat nazoratida

                                                                                                                                                                                                                                                                                            "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo'nalishlari bo'yicha" belgilangan 24 tavsiyalar asosida:                                      

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati A.Bakiyev tumandagi dehqon bozorlarida aholi iste’moli uchun eng zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi va ularning yetarliligi holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:

Narxlar barqarorligi: Go‘sht, yog‘, un, shakar, tuxum va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlarining sun’iy oshirib yuborilmasligi;

Zaxira holati: Aholi ehtiyoji uchun mahsulotlarning yetarli miqdorda bozor peshtaxtalariga chiqarilishi;

 Sifat nazorati: Sotilayotgan mahsulotlarning sanitariya-gigiyena talablariga javob berishi.

Deputat o‘rganish davomida sotuvchilar va xaridorlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va mulohazalarini tingladi. Narxlarni barqaror saqlash bo‘yicha bozor ma’muriyati va mutasaddi idoralarga tegishli tavsiyalar berildi.

Xalq manfaati — har narsadan ustun! 

Slide 1 of 1