Yig‘ilishda Inson ijtimoiy xizmatlari markazi rahbari o‘rinbosarining hisoboti eshitildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilda shaharda jami 65 252 ta oila mavjud bo‘lib, shundan kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi oilalar soni 6 041 tani (9,2 foiz) tashkil etmoqda. Ushbu yo‘nalishga yo‘naltirilayotgan mablag‘ 3 082,6 mln so‘mni tashkil qiladi.
Shuningdek, ning 2025-yil 26-dekabrdagi “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-258-sonli farmoniga muvofiq, endilikda ikki reestr birlashtirilib, “Ijtimoiy reestr” joriy etiladi.
Mazkur reestrga kiritilgan oilalar uch toifaga ajratiladi:
🔹 “Davlat ta’minotidagi oilalar”
🔹 “Kambag‘al oilalar”
🔹 “Kambag‘allik chegarasidagi oilalar”