Mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun sport bilan shug‘ullanish imkoniyatlarini kengaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida mavjud sport inshootlari, umumta’lim maktablari, kollej va akademik litseylarning sport zallari hamda ulardagi sport anjomlarining mavjudligi va texnik holati atroflicha o‘rganilmoqda.Sport zallarining yoritilishi, isitish tizimi, pol qoplamasi, xavfsizlik talablari, shuningdek, inventarlarning yetarliligi va foydalanish darajasi tahlil qilinmoqda. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilmoqda. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati Karimshikov Sabriddin Azimovich o‘zi saylangan okrug hududidagi 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida maktab sport zalining holati, mavjud sport anjomlari, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish sharoitlari ko‘zdan kechirildi.