Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 25-“Oydin” saylov okrugidan saylangan deputat Ismailov Qamariddin Abduraximovich o‘zi saylangan hududdagi “Said ota” MFY yettiligi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida deputat tomonidan mamlakatimizda qonunchilik sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qonunlar, farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati hamda ularning joylarda ijrosini ta’minlash masalalari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi. Xususan, yangi normativ-huquqiy hujjatlarning aholi turmush darajasini oshirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgani ta’kidlandi.Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mahalla yettiligi a’zolarining fikr va takliflari tinglandi.