Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI FAOLIYATI SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
“DOLZARB 90 KUN” DASTURI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN O‘ZIGA BIRIKTIRILGAN “VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHKILOTLAR TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
KENGASH DEPUTATLARI HAMDA PROKURATURA ORGANLARI HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA.
янв.21
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI VA YOSHLAR BANDLIGI DEPUTATLIK NAZORATIDA.
янв.21
MAHALLADAGI IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT TOMONIDAN MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH YO‘NALISHIDAGI FAOLIYAT O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLAR TOMONIDAN BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
FUQARO MUROJAATI DEPUTATLAR NAZORATIDA. MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI ISHLAR VA QONUN IJROSI O‘RGANILDI.
Doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi

 Doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi 

Xalq deputatlari
Quva tuman Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha”
hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya”larining
qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda
komissiya a’zolari, tegishli sohalar rahbarlari, mutaxassislar ishtirok etib, kun
tartibidagi masalalar yuzasidan batafsil axborot va fikr-mulohazalar bildirishdi. 

Dastlab, Xalq
deputatlari Quva tuman Kengashining 2025-yil 30-dekabrdagi “Tumanda O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-son Qarori ijrosini
ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida”gi VII-17-159-11-156-K/25-son
Qarorining ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman
obodonlashtirish boshqarmasining ichki yo‘llardan foydalanish bo‘limi boshlig‘i
B.Mo‘ydinovning hisoboti tinglandi. U o‘z ma’ruzasida yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish
bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berdi. 

Shundan so‘ng,
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashining 2025-yil 30- dekabrdagi “O‘zbekiston –
2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga
oshirishga oid davlat dasturiga asosan tumanda yo‘llarni qurish va ta’mirlashda
sifatni ta’minlash, yo‘llarni svetoforlar bilan jihozlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan
ishlar to‘g‘risida”gi VII-17-153-11-156-K/25-son Qarorining ijrosini ta’minlash
bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida tuman yo‘llardan foydalanish davlat
muassasasi ishlab chiqarish texnik foydalanish bo‘limi boshlig‘i M.Valievning hisoboti
eshitildi. U o‘z chiqishida qaror ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar,
mavjud muammolar va ularni bartaraf etish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot
berdi. 

Yig‘ilish davomida
komissiya a’zolari tomonidan tinglangan hisobotlar, yig‘ilgan materiallar yuzasidan
mas’ullarga qator taklif va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, belgilangan vazifalarning
o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan mas’ul tashkilotlar zimmasiga aniq
chora-tadbirlar yuklandi. 

Qo‘shma yig‘ilish
yakunida soha vakillariga taqdim etilgan vazifalar ijrosi doimiy nazaroratga olinishi
ta’kidlandi.  

Slide 1 of 8