Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
DAVLAT XIZMATLARI, FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI – DEPUTAT E’TIBORIDA.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI.
янв.21
DEPUTATLAR VA "MAHALLA YETTILIGI" HAMKORLIGI
янв.21
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR VA AHOLI UCHRASHUVI.
янв.21
HUDUDDAGI MADANIYAT MUASSASALARI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMANI KENGASHI DEPUTATI SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI
янв.21
BEPUL BERILADIGAN DORILAR BILAN TA’MINLASH VA AHOLIGA O‘ZI VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
Taxtakópir_tumani Yosh_ekologlar

        O‘zbekiston Ekologik partiyasi Taxtako‘pir tumani Kengashi raisi B.Baymbetova hamda Xalq deputatlari Taxtako‘pir tumani Kengashi deputati M.Asqarovlar boshchiligida “Mulik” OFY hududida joylashgan 16-sonli umumta’lim maktabida buyuk mutafakkir va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan "Boburni yod olib" deb nomlangan Oʻzbekiston Ekologik partiyasi gʻoyalarini targʻib etishga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

        Tadbir davomida Boburning hayoti va ijodi haqida soʻz yuritilib, uning buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi hamda boburiylar sulolasi asoschisi ekani taʼkidlandi. Xususan, shoirning mashhur “Boburnoma” asari haqida tushunchalar berildi.

         Shuningdek, Bobur qalamiga mansub sheʼr va gʻazallar oʻquvchilar tomonidan ifodali tarzda ijro etildi.

       Tadbir yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Slide 1 of 3