Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Ashxoboddagi BMT anjumanida ishtiroki O‘zbekiston tashqi siyosatining izchil va ochiq xarakterga ega ekanini yana bir bor tasdiqladi. Mamlakat bugun global muammolarda sukut saqlamaydi, balki o‘z so‘zini aytadigan davlatga aylanib bormoqda.
Bu konferensiyada so‘zlangan fikrlar, ilgari surilgan tashabbuslar faqat dengizga chiqish imkoniyati yo‘q davlatlarga emas, balki barcha rivojlanayotgan mamlakatlarga daxldor. O‘zbekiston so‘nggi yillarda xalqaro munosabatlarda o‘z mavqeini faollashtirib, muvozanatli va manfaatparvar pozitsiyada harakat qilmoqda.
Aynan shunday minbarlar orqali mamlakatimiz tashqi siyosiy faolligini nafaqat qo‘shnilar doirasida, balki keng xalqaro maydonda namoyon qilayotganini ko‘rish mumkin.
Akbar Yakubov, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi