Янгиликлар

"Maktabgacha ta’lim muassasalarida autsorsing xizmatlari sifatini baholash va takomillashtirish bo‘yicha amaliy monitoring ishlari"

Ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalar uchun yaratilayotgan sharoitlarni har tomonlama takomillashtirish hamda aholining ushbu boradagi roziligini ta’minlash maqsadida xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi 15-Nurafshon saylov okrugi deputati B.Karabekova tomonidan Zarbdor tumani "Nurafshon" mahalla fuqarolar yig`inidagi 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasida autsorsing xizmatlari holati o‘rganildi.

Monitoring davomida muassasada faoliyat yuritayotgan autsorsing tashkilotlarining kundalik faoliyati, xususan, ovqat tayyorlash, gigiyena holati, tozalik va xizmat ko‘rsatish madaniyati kabi jihatlar batafsil tahlil qilindi.Shu bilan birga, autsorsing xizmatlari doirasida namunali tarzda tashkil etilgan ishlar ijobiy baholanib, ilg‘or tajribalarni kengaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Mazkur tashrif va o‘rganishlar natijasida bolalar uchun yanada qulay, xavfsiz va sifatli muhitni shakllantirish bo‘yicha zaruriy choralar belgilandi.

Slide 1 of 2