Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib kilish, ayniqsa xotin-qizlarning jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish maqsadida "Dolzarb 90 kunlik" aksiyasi doirasida Kogon shahridagi 4 -umumta’lim maktabi sport zalida ushbu ta’lim muassasasi o‘qituvchilari, ishchi xodimlari va Beruniy MFY faol xotin-qizllari o‘rtasida sportning shaxmat va shashka turi bo‘yicha sport musabaqalari tashkil etildi. Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Dilnoza Arabova tashabbusi bilan o‘tkazilgan musobaqa g‘oliblari va sovrindorlariga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bunday tadbirlarni tashkil etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad xotin- qizlarni sport bilan shug‘ullanishga kengroq jalb etish, sport orqali
sog‘lig‘ini tiklashgako‘maklashishdan iboratdir.