Янгиликлар

Yangioboda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi

Joriy yilning 2-avgust kuni Yangiobod tumanidagi 12-maktab faollar zalida tumandagi ko'p qavatli uylar va ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash hamda aholni qiynab kelayotgan boshqa muammolar muhokama qilindi.

Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati M.Rahmonberdiyev, tuman hokimining o‘rinbosarlari M.To‘rayev va A.Nishonov, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri V.Hasanov va tashkilot rahbarlari bilan birgalikda ko‘p qavatli uy-joylar va ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, uylarning atrofini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarni hal etish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig'ilishda kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, aholi tomonidan ko'tarilayotgan muammolarni hal etish bo'yicha takliflar bildirildi.

Yig'ilish yakunida tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 6