Янгиликлар

Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputati Alijonova Ra’no saylovchilar oldida o’z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o’tdi

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi va “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq, viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari har chorakda kamida bir marotaba o‘z faoliyati yuzasidan saylovchilarga hisobot berishlari belgilangan.

Xalq deputatlari Marg’ilon shahar Kengashi deputati Alijonova Ra’no ham 21-B.Marg’iloniy saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashib, saylovchilar oldida o’z faoliyati va kelgusidagi rejalar yuzasidan axborot berib o’tdi.

Uchrashuvda fuqarolardan berilgan taklif va murojaatlar deputat tomonidan atroflicha o’rganilib, deputatlik nazoratiga olinishi belgilab olindi.

Slide 1 of 3