Joriy yilning 30-iyul kuni xalq deputatlari Xo‘jaobod tuman Kengashi kotibiyat mudiri Jamshidbek Rasulov tomonidan “Mahalla yettiligi” ishtirokida tumandagi Garaguri hamda Yetmishmergan mahalla fuqarolar yiginlari hududlaridagi ijtimoiy soha obektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi borasida o‘rganish ishlari olib borildi. Jumladan, hududdagi 13-umumta’lim maktabi, Ibn Sino QVP larda issiqlik energiyasini uzluksiz yetkazib berilishi hamda energiya resurslaridan oqilona foydalanish xususida suhbatlar olib borildi.