Янгиликлар

“G’oyib ota” mahallasida “Vakillar yig‘ini” o‘tkazildi

Payariq tumanining “G’oyib ota” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi “Vakillar yig‘ini” o‘tkazildi.Tadbirda Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova ham ishtirok etdi. Yig‘ilishda, Go`yib ota mahalla fuqarolar yiginini obodonlashtirish, yashil xududga aylantirish, mahalladagi Ziyokor, Sadaf, S.Raximov ko`chalarini ta`mirlash ishlarini olib borish, Xo’jaobod va Do’stlik qabristonlarini obodonlashtirish va hashar ishlarini tashkil etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025 yildagi PQ-1-son qarori bo’yicha mahallaning ko’chalariga tungi yoritgichlar o’rnatish ishlarini tashkil qilish, masalalari asosiy mavzu bo‘ldi. 

Yig‘ilish so‘ngida yuqorida keltirilgan masalalar ijro uchun qabul qilindi. 

Slide 1 of 2