Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#Deputat_soʻrovi #Oltinsoy_tumani #Kuz_qish_mavsumi
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
TUMAN MARKAZIGA ELTUVCHI YO‘L ASFALTLANMOQDA
янв.21
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #Deputat_daftar
янв.21
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
янв.21
#Savolnoma_asosida #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala
янв.21
#19¹_modda #Ekspert_guruhi #Kengash_Qarori_ijrosi #Deputat_nazorati
янв.21
#Deputat_soʻrovi_ijrosi #Oltinsoy_tumani #Jiyanbobo_MFY #Polvon_ota_ko_chasi #Aholi_murojaati #Infratuzilma
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #Kunlik_ish_reja_ijrosi #DeputatFaoliyati #Ekspert_guruhi
DEPUTAT AXBOROTI: MUROJAATLAR E’TIBOR MARKAZIDA

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi 22-Mexrjon okrugi deputati Tuganbekov Oybek Baxrombekovich “Kichik Xirmontepa” mahallasida saylovchilari bilan Axborot uchrashuvi o‘tkazdi.

Uchrashuvda mahalla raisi, uy va ko‘cha boshilari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

Dastlab, deputat O. Tuganbekov saylovchilarga o‘zining deputatlik faoliyati davomida amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlari bilan ishlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, aholi bilan doimiy muloqotda bo‘lish, fuqarolarning fikr va takliflarini tinglash, ularni qiynayotgan muammolarga befarq bo‘lmaslik deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

Uchrashuvning asosiy qismi fuqarolar murojaatlari va mahallada mavjud muammolarni muhokama qilishga bag‘ishlandi. Aholi kundalik hayotda duch kelayotgan muammolar, mahalla infratuzilmasi, hududni obodonlashtirish hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdi.

Har bir murojaat deputat tomonidan diqqat bilan tinglanib, ko‘tarilgan masalalarni atroflicha o‘rganish, ularning yechimini topish va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi. Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning ijrosini nazoratga olish hamda ularning ijobiy hal etilishiga ko‘maklashish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Bunday uchrashuvlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, aholini qiynayotgan muammolarni joyida aniqlash hamda ularning yechimi bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq bilan ochiq muloqot, fuqarolar murojaatlariga e’tibor va muammolarning amaliy yechimi — deputatlik faoliyatining ustuvor mezonidir.

Slide 1 of 7