Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#Deputat_soʻrovi #Oltinsoy_tumani #Kuz_qish_mavsumi
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
TUMAN MARKAZIGA ELTUVCHI YO‘L ASFALTLANMOQDA
янв.21
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #Deputat_daftar
янв.21
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
янв.21
#Savolnoma_asosida #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala
янв.21
#19¹_modda #Ekspert_guruhi #Kengash_Qarori_ijrosi #Deputat_nazorati
янв.21
#Deputat_soʻrovi_ijrosi #Oltinsoy_tumani #Jiyanbobo_MFY #Polvon_ota_ko_chasi #Aholi_murojaati #Infratuzilma
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #Kunlik_ish_reja_ijrosi #DeputatFaoliyati #Ekspert_guruhi
“SHIFOKORLAR” MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI HISOBOTI TINGLANIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

 “SHIFOKORLAR” MAHALLASIDA MAHALLA YETTILIGI HISOBOTI TINGLANIB, AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 1-"Shifokorlar" saylov okrugi deputati, tuman hokimi Kudratilla Tulyaganov hamda Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva ishtirokida “Shifokorlar” mahallasida mahalla yettiligi vakillarining hisoboti tinglandi hamda fuqarolar murojaatlari va hududdagi dolzarb masalalar o‘rganildi.

🔹 Hisobot davomida mahalla yettiligi vakillari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, shuningdek, mahalladagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan axborot berildi.

🔹 Deputatlar tomonidan mahalla yettiligi faoliyatining samaradorligi, aholi murojaatlari bilan ishlash holati va belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi. Hisobotda qayd etilgan masalalar yuzasidan tegishli takliflar bildirilib, mavjud muammolarni hal etishda mas’uliyat va ijro intizomini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

🔹 Fuqarolar qabuli davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

📍 Deputatlik nazorati — mahalla faoliyati samaradorligini oshirish, aholi murojaatlarining yechimini ta’minlash va hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etishda muhim vositadir. Shu bois mahalla yettiligi hisobotlarini tinglash, amalga oshirilayotgan ishlar natijadorligini tahlil qilish hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlash masalalari deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

⚡️Aholi bilan ochiq muloqot va manzilli o‘rganishlar orqali muammolarni aniqlash, ularning yechimi ustidan nazoratni kuchaytirish ishlari davom ettiriladi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 6