Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

“NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI

 “NIHOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISHLAR SARHISOB QILINDI

📍 Olmazor tumani “Nihol” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli A. Xudjayeva tomonidan 2026-yil III chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etildi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 1-martdagi PF-81-son Farmoni ijrosi doirasida mahallada xotin-qizlar bilan manzilli ishlash, ularning ijtimoiy holatini o‘rganish va mavjud muammolarini aniqlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🔹 Xonadonbay o‘rganishlar va anketa-so‘rovnomalar asosida mahalladagi 0 yoshdan 100 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlar balansi shakllantirilib, ularning ehtiyojlari va muammolari o‘rganildi. Mahallada jami 2 032 nafar xotin-qiz istiqomat qilishi qayd etilgan.

📊 “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida amalga oshirilgan ishlar:

🔸 1-toifa — 25 nafar xotin-qiz. Ulardan 20 nafari turli yo‘nalishlarda kasb-hunarga o‘qitildi, 5 nafari esa o‘zini o‘zi band qilishga yo‘naltirildi.

🔸 4.1-toifa — 38 nafar xotin-qiz. Psixologik yordamga ehtiyoji bo‘lgan xotin-qizlarga tegishli yordam ko‘rsatildi.

🔸 4.2-toifa — 25 nafar xotin-qiz. Surunkali kasalliklari mavjud hamda I–II guruh nogironligi bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning davolanishiga ko‘maklashish, zarur hollarda order va dori-darmonlar bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

🔸 5-toifa — 45 nafar xotin-qiz. Huquqiy yordamga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarga Olmazor tumani Adliya bo‘limi hamda tuman IIB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori X. Berdiqulova tomonidan huquqiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

✅ Umuman, “Ayollar daftari”ning 7-bosqichiga 133 nafar xotin-qiz kiritilgan bo‘lib, ularning muammolarini manzilli hal etish, bandligini ta’minlash, salomatligini mustahkamlash va huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

🤝 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 4