Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📍 YOSHLAR YETAKCHISINING ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2-Zarabog‘ saylov okrugi deputati Xojidinov Ximoydin Sayfiddinovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Zarabog‘ mahallasi yoshlar yetakchisi Fayzullayev Faruxning ish faoliyati o‘rganildi.

✅ O‘rganish davomida yoshlar yetakchisining faoliyati, yoshlar bilan ishlash holati hamda yoshlarning muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlariga e’tibor qaratildi.

🤝 Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Yoshlar kelajagi — mahalla e’tiborida!

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.

Slide 1 of 4