Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Nuroniylar bilan samimiy uchrashuv

Nuroniylar bilan samimiy uchrashuv
Xalq deputatlari G‘allaorol tuman Kengashi raisi Sh. Umarov Tozaurug‘ mahallasida nuroniylar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida nuroniylarning fikr-mulohazalari tinglanib, mahalladagi mavjud masalalar, aholi farovonligini oshirish, yoshlar tarbiyasida nuroniylarning o‘rni hamda milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash masalalari yuzasidan suhbatlashildi.Samimiy muloqot davomida nuroniylarning hayotiy tajribasi va maslahatlari jamiyatimiz taraqqiyoti, mahallalarda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.