#deputat_faoliyati
#haftalik_ish_reja_ijrosi
BEPUL DORI-DARMONLAR TA’MINOTI NAZORATDAN O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati G. Turdiyeva tomonidan bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati nazoratdan o‘tkazildi.
O‘rganish davomida aholiga ajratilayotgan bepul dori-darmonlarning yetkazib berilishi, ta’minot jarayonining tashkil etilishi hamda fuqarolarning ushbu vositalardan foydalanish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, dori-darmonlar ta’minoti yuzasidan mavjud holat o‘rganilib, mazkur yo‘nalishda ishlarni samarali tashkil etish va aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yaxshilash masalalari ko‘rib chiqildi.
Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar aholi salomatligini muhofaza qilish va tibbiy ta’minot tizimi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.