#deputat_faoliyati
#haftalik_ish_reja_ijrosi
YOSHLAR BANDLIGI SHTABI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari A. Avliyakulov va R. Abdullayeva tomonidan Yoshlar bandligi shtabi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tumanda yoshlar bandligini ta’minlash, ishsiz yoshlarni aniqlash va ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Deputatlar tomonidan yoshlar bilan manzilli ishlashni kuchaytirish, ularning kasbiy qiziqish va salohiyatidan kelib chiqib, munosib ish bilan ta’minlanishiga ko‘maklashish hamda bandlik masalalarida mas’ul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Yoshlar bandligi — yangi imkoniyatlar va farovon kelajak poydevori!