#ekspert_guruhi_faoliyati
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#KQ_35
KO‘CHALARNI TUNGI YORITISH ISHLARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova hamda Kengash mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan Yangihayot MFY hududida ko‘chalarni tungi yoritish maqsadida o‘rnatilayotgan chiroqlar bilan bog‘liq ishlar jarayoni o‘rganildi.
O‘rganish davomida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar” asosida mahallada infratuzilmani yaxshilash, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish hamda ko‘chalarning tungi yoritilishini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Mazkur ishlar aholi turmush sharoitini yaxshilash, jamoat xavfsizligini ta’minlash va mahalladagi mavjud masalalarni joyida o‘rganib, ularning yechimiga ko‘maklashishga qaratilgan.