#Kengash_raisi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#haftalik_ish_reja_ijrosi
MAKTAB KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi raisi S. Nazarov tomonidan 11-Sabzipoya saylov okrugi deputati S. Ikromov saylangan Sabzipoya MFY hududidagi 14-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida kutubxonadagi mavjud adabiyotlar fondi, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kitoblarning saqlanishi hamda yoshlarning kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, o‘quvchilarni badiiy adabiyotlarni mutolaa qilishga keng jalb etish, ularning ma’naviy dunyoqarashini boyitish va kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Yosh avlodning bilimli, dunyoqarashi keng va ma’naviy barkamol bo‘lib voyaga yetishida maktab kutubxonalarining o‘rni beqiyosdir. Shu bois kutubxonalar faoliyatini rivojlantirish va o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.