Madad NTT bilan hamkorlik tadbirlari
Fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatildi
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati Y.Musayev hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi R.Kichinovlar ishtirokida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning murojaatlari tinglandi.
📖 Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat, muammo va takliflar atroflicha o‘rganilib, ularning huquqiy yechimi yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi.
⚖️ Shuningdek, fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida bepul huquqiy maslahat va yuridik yordam ko‘rsatildi. Murojaatlarning mazmunidan kelib chiqib, tegishli tartibda murojaat qilish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!