#Oylik_ish_rejasi
Oktyabr oyi ish rejasi va topshiriqlar ijrosi muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M. Yarmatov boshchiligida kotibiyat yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda oktyabr oyi uchun belgilangan ish rejasida nazarda tutilgan vazifalar, berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, deputatlik nazorati tadbirlarini tizimli tashkil etish, deputatlik so‘rovlari ijrosini nazorat qilish, Kengash faoliyatini ijtimoiy tarmoqlarda keng va sifatli yoritish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilish yakunida har bir xodimning mas’uliyatini oshirish, ish rejasidagi vazifalar ijrosini qat’iy nazorat qilish va faoliyat samaradorligini yanada kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.