BANDLIKNI TA’MINLASH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI.
Joriy yilning 7-oktabr kuni Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov,ish reja ijrosi doirasida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Yarmatov hududiga qarashli 22-Zartepa saylov okrugida Zartepa va Zangilambop mahallalarida aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida Angor tumani hokimining birinchi o‘rinbosari I. Mustaramov hamda Angor tumani Bandlik bo‘limi boshlig‘i J. O‘razov ishtirok etdi.
O‘rganish davomida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni doimiy va mavsumiy ish bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, mavjud muammolar, bandlikka muhtoj fuqarolar bilan ishlash samaradorligi hamda aniqlangan masalalarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarning vazifalari muhokama qilindi.
Deputatlik nazorati davomida aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Asosiy maqsad — aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish va hududda munosib mehnat sharoitlarini yaratishga ko‘maklashish.