Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#DeputatSo‘rovi #DeputatNazorati #Xayrondara #SuvTa'minoti
янв.21
#Savolnoma_asosida #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala
янв.21
#Kengash_va_deputatlar_haqida Aholi manfaati – asosiy ustuvor vazifa
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati nazoratda: tuman Kengashi deputati 28-sonli DMTT faoliyatini o‘rgandi
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
#Ish_rejasiga_asosan #24_ta_masala #Deputatlik_nazorati
янв.21
#Ish_rejasiga_asosan #24_ta_masala #Deputatlik_nazorati #Elektr_taʼminoti
янв.21
#deputat_vazifalaridan Deputat:
янв.21
#162_ta_qonun #deputat_faoliyati #qonunchilik_ijrosi #yuridik_yordam
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #murojaat_daftari #saylovchilar_murojaati_e'tiborda
Mustaqillik mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda

🏛 Mustaqillik mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi 9-M evali saylov okrugi deputati N.Aliyev tomonidan Mustaqillik mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.
📌 Mahallada 55 ta ijtimoiy reyestrdagi oila mavjud bo‘lib, ularning muammolarini manzilli o‘rganish va zarur xizmatlar bilan ta’minlash faoliyat rejasining asosiy yo‘nalishlaridan etib belgilangan.
Faoliyat rejasiga muvofiq:
🔹 19 nafar fuqaroga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
🔹 6 nafar fuqaroni ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish;
🔹 10 nafar fuqaroga tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;
🔹 5 nafar fuqaroni daromadli mehnat bilan ta’minlash;
🔹 6 ta oilaning yashash sharoitini yaxshilash;
🔹 3 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish yoki faoliyatini legallashtirish;
🔹 mikroloyihalarni tashkil etish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish;
🔹 uzoq muddat mehnat migratsiyasida bo‘lgan 45 nafar fuqaroning oila a’zolari bilan manzilli ishlash vazifalari belgilangan.
🏗 Mahalla infratuzilmasini yaxshilash yo‘nalishida esa ichki yo‘lni ta’mirlash, 1 dona transformator punktini mukammal ta’mirlash, 2 km uzunlikdagi elektr uzatish tarmog‘ini ta’mirlash, ichki ko‘chalarni obodonlashtirish va ariqlarni tozalash ishlari nazoratga olingan.
⚡️ Shuningdek, investitsiya dasturlari asosida “Mustaqillik mahallasi” podstansiyasini 100 kVli podstansiyaga o‘zgartirish loyihasi ijrosi ham monitoring qilinmoqda.
💻 Mahallada yoshlarni xorijiy tillar va raqamli texnologiyalarga o‘qitishga mo‘ljallangan IT shaharcha bino va inshootlarini barpo etish, shuningdek, tadbirkorlik subyekti tomonidan bolalar o‘yingohini tashkil etish bo‘yicha loyihalar ham belgilangan.
🤝 Mazkur vazifalar ijrosi tuman hokimligi, mahalla yettiligi, bandlik va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi, mas’ul tashkilotlar hamda boshqa hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
📋 Belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati doirasida muntazam, har hafta va har ikki haftalik monitoring asosida o‘rganib boriladi.

Slide 1 of 1