Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#Oltinsoy_tuman_Kengashi #Deputatlar_faoliyati #OAV_Xabar #Xalq_bilan_muloqot
янв.21
#HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLIND #12_10_2026_yil
янв.21
🌎XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMAN KENGASHI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASINI BAJARILISHI TAHLILI
янв.21
📢 OLTINSOYDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: REAL HOLAT OCHIQ MUHOKAMA QILINDI
янв.21
📌 OLTINSOYDA DOIMIY KOMISSIYA, EKSPERT VA YOSHLAR MASLAHAT GURUHLARINING QO‘SHMA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
#doimiy_komissiya #ekspert_guruhi #yoshlar_maslahat_guruhi
янв.21
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #DeputatFaoliyati #Murojaat_va_ijro #Madad_NNT
Yetimqum mahallasida mahalla mutasaddilari faoliyati o‘rganildi

#kunlik_ish_reja_ijrosi #KQ_35_ijrosi #mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik #nazorat_tahlil #162_ta_Qonun_ijrosi #kotibiyat_mudiri_faoliyati

Yetimqum mahallasida mahalla mutasaddilari faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 10-Yetimqum saylov okrugidan saylangan deputat B. Ochildiyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev deputatning saylov okrugidagi “Yetimqum” mahallasida hokim yordamchisi hamda ijtimoiy xodimning faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni doimiy va daromadli mehnat faoliyatiga jalb etish, ishsiz fuqarolar bilan ishlash, ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi vakillarini aniqlash hamda ularga tegishli ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-son qarori ijrosi hamda “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta tavsiya” asosida mahalladagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va ularni hal etish bo‘yicha hamkorlik masalalari o‘rganildi. Qarorda deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda muammolarni o‘rganishi, aniqlangan masalalar yuzasidan takliflar shakllantirishi va ularning ijrosi ustidan nazorat olib borishi belgilangan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-642-son Qonuni ijrosi yuzasidan tayyorlangan savolnoma asosida aholining bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatiga jalb etish bilan bog‘liq masalalar o‘rganildi.

Shu bilan birga, “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-415-son Qonuni ijrosi yuzasidan tuzilgan savolnoma asosida ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarni aniqlash, ularning murojaatlarini o‘rganish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan muammolarni deputatlik vakolatlari doirasida hal etish, zarur hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat va deputatlik so‘rovlari kiritish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi. Mazkur masalalarning ijrosi hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 5