#deputatlik_nazorati_Uchtepa #24_ta_tavsiyaviy_savol
KO‘KSAROY MAHALLASIDAGI OQOVA SUV TIZIMI BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "14-O‘rikzor" saylov okrugi deputati Abdurashid Abdushukurov tomonidan Ko‘ksaroy mahallasida bir necha yillardan buyon muammo bo‘lib kelayotgan oqova suv tizimi bilan bog‘liq masalalar joyiga chiqib o‘rganildi.
🕯 O‘rganish davomida tumanda, xususan, Ko‘ksaroy mahallasida 2026-yilgi dastur asosida rejalashtirilgan quvur tortish ishlari, maxsus nasos qurilmalarining faoliyati hamda amalga oshirilayotgan ishlarning holati ko‘zdan kechirildi.
📝 Shuningdek, quvurlar ustini asfalt qoplamasi bilan yopish bo‘yicha ishlarning sifatli va belgilangan tartibda amalga oshirilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
📝 O‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar bo‘yicha tegishli mutasaddilarga vazifalar belgilab berildi.
💼 Mazkur o'rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy savolnomasi asosida tashkil etilib, unda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari hamda tegishli tuman mas’ullari ishtirok etdi.