Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#DeputatSo‘rovi #DeputatNazorati #Xayrondara #SuvTa'minoti
янв.21
#Savolnoma_asosida #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala
янв.21
#Kengash_va_deputatlar_haqida Aholi manfaati – asosiy ustuvor vazifa
янв.21
Maktabgacha ta’lim sifati nazoratda: tuman Kengashi deputati 28-sonli DMTT faoliyatini o‘rgandi
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
#Ish_rejasiga_asosan #24_ta_masala #Deputatlik_nazorati
янв.21
#Ish_rejasiga_asosan #24_ta_masala #Deputatlik_nazorati #Elektr_taʼminoti
янв.21
#deputat_vazifalaridan Deputat:
янв.21
#162_ta_qonun #deputat_faoliyati #qonunchilik_ijrosi #yuridik_yordam
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #murojaat_daftari #saylovchilar_murojaati_e'tiborda
182-SONLI DMTTDA TA’LIM-TARBIYA SHAROITLARI O‘RGANILDI

182-SONLI DMTTDA TA’LIM-TARBIYA SHAROITLARI O‘RGANILDI

📍 “Umid” MFY

✨Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva hamda 11-«Umid» saylov okrugi deputati Kamola Muxitdinova tomonidan “Umid” MFY hududida joylashgan 182-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati va undagi mavjud sharoitlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida muassasaning moddiy-texnik holati, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar hamda muassasaning bugungi kundagi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

📋 Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 182-sonli DMTT 1978-yilda qurilgan bo‘lib, 2023-yilda rekonstruksiya qilingan. Muassasa 360 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, umumiy maydoni 66,076 kvadrat metrni tashkil etadi.

💧 Muassasa suv, kanalizatsiya va issiqlik ta’minoti bo‘yicha lokal tarmoqqa ulangan. Elektr ta’minoti esa 220 V markazlashgan tizim orqali amalga oshiriladi.

👧🏻👦🏻 Bugungi kunda tashkilotda 360 nafar bola tarbiyalanmoqda. Muassasada jami 12 ta guruh mavjud bo‘lib, ularning barchasi faoliyat yuritmoqda.

⏰ DMTTning ish vaqti 7:30 dan 18:00 gacha etib belgilangan.

📌 O‘rganish jarayonida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ta’lim-tarbiya sifatini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Deputatlik nazorati — ta’lim muassasalaridagi mavjud sharoitlarni o‘rganish, aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish va aholi manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 10