АHOLI BАNDLIGI MАSАLАLАRI NАZORАT-TAHLIL TАRTIBIDА OʼRGАNILDI
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Norqulov Ne’mat Absalaomovich tomonidan Fidokor MFY aholi bandligini taʼminlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga oʼqitish va ularni munosib ish oʼrinlariga yoʼnaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar nazorat-tahlil tartibida oʼrganildi.
Oʼrganish jarayonida Kambagʼallikni qisqartirish va bandlik boʼlimi tomonidan ishsiz fuqarolarni bandligini taʼminlash, yangi ish oʼrinlari yaratish, kasblarga yoʼnaltirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Masʼullarga mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi bandligini taʼminlash boʼyicha belgilangan vazifalar ijrosini kuchaytirish va natijadorlikni oshirish yuzasidan tegishli koʼrsatma va topshiriqlar berildi.
Аholi bandligini taʼminlash — oilalar daromadini oshirish va farovonligini yuksaltirishning muhim omilidir.