Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK NAZORAT QILINDI

Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati Kattaxodjayev Sh. tomonidan kuz-qish mavsumi oldidan ko‘p qavatli uy-joylarda mavsumga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔺Nazorat jarayonida BSK, issiqlik ta’minoti kompaniyasi hamda hokimiyat vakillari bilan birgalikda ko‘p qavatli uylardagi isitish tizimlari, muhandislik tarmoqlari va mavsumga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

📎O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni talablaridan kelib chiqib, ko‘p qavatli uy-joy fondini saqlash, umumiy mol-mulkdan foydalanish hamda aholiga qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2