Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tumani Kengashining yigirma sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tumandan saylangan viloyat Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda tuman tashkilot va korxonalari rahbarlari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlari ijrosini ta’minlash yuzasidan tumanda amalga oshirilayotgan ishlar, Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning tumandagi ijrosi hamda 2026-yil sentyabr oyida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masalalar o‘rin oldi.
Shuningdek, tumandagi tibbiyot muassasalari, umumta’lim maktablari va maktabgacha ta’lim tashkilotlarining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati atroflicha muhokama qilindi hamda tuman mahalliy budjetidan mablag‘lar ajratish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Slide 1 of 5