Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#Deputat_soʻrovi #Oltinsoy_tumani #Kuz_qish_mavsumi
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
TUMAN MARKAZIGA ELTUVCHI YO‘L ASFALTLANMOQDA
янв.21
#Kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #Deputat_daftar
янв.21
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
янв.21
#Savolnoma_asosida #kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala
янв.21
#19¹_modda #Ekspert_guruhi #Kengash_Qarori_ijrosi #Deputat_nazorati
янв.21
#Deputat_soʻrovi_ijrosi #Oltinsoy_tumani #Jiyanbobo_MFY #Polvon_ota_ko_chasi #Aholi_murojaati #Infratuzilma
янв.21
Viloyatda faoliyat olib borayotgan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada oshirish yuzasidan Kengash kotibiyati hodimlari ishtirokida navbatdagi yig'ilish bo'lib o'tdi
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #Kunlik_ish_reja_ijrosi #DeputatFaoliyati #Ekspert_guruhi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova tomonidan Altintau OFY hududida joylashgan Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida maktabning isitish tizimi, sinfxonalar va boshqa xonalarining mavsumga tayyorgarligi, yoqilg‘i zaxiralari, elektr ta’minoti hamda bino-inshootlarning kuz-qish sharoitiga mosligi ko‘zdan kechirildi.

🔥 Shuningdek, o‘quvchilar uchun qulay va xavfsiz ta’lim sharoitlarini yaratish, kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish yakunida mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, isitish tizimlarini doimiy nazoratda ushlab turish va mavsum davomida ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

🌨 Sifatli ta’lim uchun avvalo munosib va qulay sharoit!

Slide 1 of 5