Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

“Ekofaol fuqaro” maqomini berish tartibi belgilandi

“Ekofaol fuqaro” maqomini berish tartibi belgilandi

📄 Hukumatning 195-son qarori (21.04.2026-y.) bilan “Bir million yashil oila” umummilliy harakati doirasida “Ekofaol fuqaro” maqomini berish hamda maqom olgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

💸 Mazkur nizom “Ekofaol fuqaro” maqomini berish va ushbu maqom sohiblarini rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.

🔍 ASOSIY TARTIBLAR

✅ “Ekofaol fuqaro” maqomi har chorakda o‘tkaziladigan tanlov asosida har bir hududdan eng yuqori ball to‘plagan 50 nafar ishtirokchiga beriladi

📝 Tanlov ishtirokchilari Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining maxsus platformasida ro‘yxatdan o‘tadi hamda zarur ma’lumotlarni kiritadi

⏳ Yakuniy ballar aniqlangach, 1 ish kuni ichida natijalar maxsus platformada e’lon qilinadi

📊 BAHOLASH MEZONI

✳️ 3 oy davomida har oy kamida 80 ball (jami 240 va undan yuqori) to‘plagan ishtirokchilarga “Ekofaol fuqaro” maqomi beriladi

⛔️ Agar keyingi 3 oy davomida ishtirokchi 80 balldan kam natija qayd etsa, mazkur maqom bekor qilinadi

📢 QO‘SHIMCHA

🗒 “Ekofaol fuqaro” maqomini olgan shaxslar ro‘yxati Qo‘mitaning rasmiy veb-saytida e’lon qilib boriladi

Slide 1 of 1