Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat I.Qodirova hududdagi aholi bandligi, obodonlashtirish ishlari hamda maishiy chiqindilarni tashuvchi korxonalar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatini o‘rganish maqsadida “O‘zbekiston” mahallasida xonadonbay o‘rganish ishlarini olib bordi.
🤝 Xonadonlarda aholi bilan yuzma-yuz suhbatlashib, ularni qiynayotgan muammolar, taklif va murojaatlar tinglandi. Aniqlangan muammolar tegishli tartibda nazoratga olinib, “Ko‘chama-ko‘cha yurish” daftariga qayd etildi.
📌 Deputatning mahallalarda bevosita aholi bilan muloqot qilishi — muammolarni joyida aniqlash, ularning yechimiga ko‘maklashish va xalq manfaatlarini himoya qilishning muhim vositasidir.
Xalq bilan birga — muammolar yechimi sari!