Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

MAHALLA YETTILIGI BILAN FUQAROLAR O‘RTASIDAGI MULOQOT O‘RGANILDI

O‘rganish davomida aholining murojaatlarini o‘z vaqtida qabul qilish va ularni ijobiy hal etish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, xotin-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularning muammolarini o‘rganish va hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahalla yettiligi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, fuqarolar murojaatlari bilan manzilli ishlash va mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.