Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Maktabda ta’lim to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi

Maktabda ta’lim to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N.Bobojonova «Ko‘nazey» mahallasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini o‘rgandi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati N.Bobojonova o‘zining deputatlik nazorati doirasida tumanimizdagi «Ko‘nazey » hududida joylashgan 21-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘ldi.
Tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-sonli «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi ta’lim muassasasida qay darajada ta’minlanayotgani, o‘quv jarayonlarining sifati hamda o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yaqindan o‘rganildi.
O‘rganish natijalari yuzasidan ta’lim sifatini yanada oshirish va mavjud masalalarni hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1