Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

DEPUTATLIK NAZORATI: “IMOM OTA” MAHALLASIDA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI

 DEPUTATLIK NAZORATI: “IMOM OTA” MAHALLASIDA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Sodikova Barchinoy Musakulovna tomonidan Imom ota mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha faoliyat rejasi shakllantirildi.

📊 Ijtimoiy reyestrda 69 ta oila mavjud bo‘lib, shundan:
🔹 26 tasi — davlat ta’minotidagi;
🔹 33 tasi — kambag‘al;
🔹 10 tasi — kambag‘allik chegarasidagi oilalar.
🎯 Faoliyat rejasida quyidagi vazifalar belgilangan:
👨‍👩‍👧‍👦 Ijtimoiy xizmatlar
— 22 nafar fuqaroga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish;
— 8 nafarni ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish;
— 38 nafar fuqaroga tibbiy xizmat ko‘rsatish;
— 12 nafar fuqaroni daromadli mehnatga jalb etish;
— 13 ta oilaning yashash sharoitini yaxshilash.
💼 Bandlik va daromad manbai
— 32 nafar ishsiz fuqaroni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish;
— mikroloyihalarni tashkil etish orqali kamida 20 ta yangi ish o‘rni yaratish;
— uzoq muddatli mehnat migratsiyasida bo‘lgan 103 nafar fuqaro oilalari bilan manzilli ishlash.
🛣 Ijtimoiy infratuzilma
Mahalladagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, ko‘chalarni obodonlashtirish, ariqlarni tozalash hamda mahallalarni bog‘lovchi avtomobil yo‘llari holatini yaxshilash vazifalari belgilandi.
🏗 Investitsiya loyihalari
Rejada Imom ota MFY binosini mukammal ta’mirlash, elektr ta’minoti infratuzilmasini yangilash hamda keksalar va yosh bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy tibbiyot binosini barpo etish masalalari ham nazarda tutilgan.
👥 Belgilangan vazifalar ijrosi “Mahalla yettiligi”, tuman hokimligi, tegishli davlat tashkilotlari va boshqa mas’ullar bilan hamkorlikda muntazam deputatlik nazoratiga olinadi.
📒 Deputat daftari — muammolarni aniqlashdan ularning yechimini nazorat qilishgacha bo‘lgan amaliy mexanizm.